<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<title>Bildim</title>
<lyrics>[V1]
 Meni sevgan azalda
 Meni degan azalda
 Har doim bergan dalda
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim.

[V2]
 Men Uni bilmasam ham
 Meni bilgan U bekam.
 Men tamon bosgan qadam
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim.

[V3]
 Achingan har soniya
 Meni saqlagan qoya.
 Najot - bu buyuk gʻoya,
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim.

[V4]
 Bildim Xudo Sevgidir
 Iso - yoʻl jannatga bir
 Hamma narsaga qodir
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim.

[V5]
 Gunohdan poklagan U
 Aybimdan oqlagan U.
 Bir Choʻpon bor, bir suruv...
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim

[V6]
 Zulmatdan olib chiqqan
 Nuri bilan yoritgan
 Men uchun jonin tikkan
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim.

[V7]
 Kimni yetgay jurʼati
 Gʻam chekmasin siyrati
 Xudoning chin surati
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim

[V8]
 Xushxabarga ishoning
 Najot topgaydir joning
 Toʻgʻri va pok imoning
 Rabbim Isodir bildim
 Qodir Xudodir bildim.

[V9]
 Bugun men imondaman
 Pok Muqaddas qondaman
 Men tirik Kalomdaman
 Rabbim Isodir biling!
 Qodir Xudoga keling!</lyrics>
</song>